» » Bundesliga. “Bavariya” 5:1 hisobida yutqazdi, “Borussiya D” esa ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

Bundesliga. “Bavariya” 5:1 hisobida yutqazdi, “Borussiya D” esa ishonchli g‘alabaga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 10-turi doirasida 2-noyabr, shanba kuni 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi “Signal Iduna Park”da “Volfsburg”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida “arilar” yarim himoyachisi Torgan Azar Ashraf Hakimining uzatgan to‘pini raqib darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib portugaliyalik Rafael Gerreyru hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganda mehmon jamoa darvozasitomon penalty belgilandi. Undan mezbonlar vakili Mario Gyotse unumli foydalandi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi (3:0).

Shu tariqa Dortmund klubi o‘z maydonida “Volfsburg” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Borussiya Dortmund” ochkolari sonini 19 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Volfsburg” esa 17 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Niko Kovach boshqaruvidagi Myunxenning “Bavariya” jamoasi safarda Frankfurtning “Ayntraxt”iga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida frankfurtliklar a’zolari Filip Kostich (25), Jibril Sou (33), David Abraam (49), Martin Xinteregger (61) hamda Gonsalu Pasiyensiya (85) Manuel Noyer qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Myunxen klubidan polshalik Robert Levandovski (37) o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Natijada “Bavariya” mehmonda “Ayntraxt”ga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Qayd etish joiz, “qizillar” 18 ochko to‘plab musobaqa jadvalida 4-o‘ringa pastladi. “Ayntraxt” esa 17 ochko bilan 6-o‘rindan joy oldi.

Bundesliga

10-tur bahsi

2-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 — 52 Azar, 2:0 — 58 Gerreyru, 3:0 — 88, penalti Gyotse

Gollar: 1:0 –– 5 Zabitser, 2:0 — 30 Verner, 3:0 — 35 Nkunku, 4:0 — 38 Xalstenberg, 5:0 — 44 Poulsen, 6:0 — 48 Verner, 7:0 — 50 Mukiyele, 8:0 — 87 Verner

Gollar: 0:1 — 18 Vendt, 1:1 — 25 Folland, 1:2 — 42 Tyuram

Gollar: 1:0 — 25 Kostich, 2:0 — 33 Sou, 2:1 — 37 Levandovski, 3:1 — 49 Abraam, 4:1 — 61 Xinteregger, 5:1 — 85 Pasiyensiya

Gollar: 1:0 — 9 Rashitsa, 1:1 — 28 Petersen, 2:1 — 59 Gebre Selassiye, 2:2 — 90 Petersen

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют