» » Zarafshonda saksovul kesgan fuqarolar 2,2 mln so‘m jarimaga tortildi

Zarafshonda saksovul kesgan fuqarolar 2,2 mln so‘m jarimaga tortildi


Zarafshon shahrining “Muruntov” posyolkasida istiqomat qiluvchi fuqaro saksovul kesgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Brakonyer saksovullarni “KamAZ” yuk mashinasida olib ketayotganda qo‘mitaning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan Zarafshon Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda yetkazilgan ekologik reyd davomida ushlangan.

Qonunbuzar 2,2 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa 3,7 million so‘mni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining oktabrdagi qarori bilan kelgusi yil oxiriga qadar barcha turdagi daraxtlarni kesishga moratoriy e’lon qilingan.

Mavzuga doir: Qoraqalpog‘istonda saksovul o‘g‘irlagan 7 kishining har biri 7 milliondan ortiq jarimaga tortildi

Avvalroq O‘zbekistonda saksovullarning ko‘p kesilayotganiga gaz ta’minotidagi uzilishlar sabab qilib ko‘rsatilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют