» » Superliga. “Navbahor” safarda “Qo‘qon-1912”ni yuta olmadi, “Andijon” esa “Qizilqum”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Navbahor” safarda “Qo‘qon-1912”ni yuta olmadi, “Andijon” esa “Qizilqum”ni mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 26-turi doirasida 1-dekabr, yakshanba kuni 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

“Andijon” o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 73-daqiqada urildi. Unga mezbon jamoa yarim himoyachisi Abdulloh Olimov mualliflik qildi.

Shu tariqa “Andijon” o‘z uyida kechgan bahsda “Qizilqum”ni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Andijon” yakuniga yetgan mavsumni 28 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 10-o‘rinda yakunladi. “Qizilqum” esa 24 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egalladi va quyi ligaga tushib ketdi.

Shu kuni Namanganning “Navbahor” klubi safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 16-daqiqasida qo‘qonliklar yarim himoyachisi Suxrob Berdiyev hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib namanganliklar jamoasi vakili Aziz Turg‘unboyev hisobni tenglashtirdi.

Natijada o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, “Navbahor” 32 ochko to‘plab, mavsumni musobaqa jadvalida 8-pog‘onada tugatdi. “Qo‘qon-1912” esa 26 ochko bilan 11-o‘rinni egalladi.

26-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Superliga

26-tur bahslari

1-dekabr, yakshanba

Gol: 1:0 — 73 Abdulloh Olimov

Gollar: 1:0 — 16 Suxrob Berdiyev, 1:1 — 19 Aziz Turg‘unboyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 139) ( 0) ( 138) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют