» » O‘zbekistonda noyabr oyida tovar va xizmatlar narxi qanchaga oshgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda noyabr oyida tovar va xizmatlar narxi qanchaga oshgani ma’lum qilindi


Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yilning noyabr oyida iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqidagi statistikani taqdim etdi.

Qayd etilishicha, 2019-yilning noyabrida iste’mol narxlari darajasining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,7 foizni tashkil etdi.

2019-yil boshidan iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 13,3 foizga qimmatlashdi. 2018-yilning noyabr oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 15,6 foizga oshgan.

Taqqoslash uchun: 2018-yilning noyabrida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 2,3 foizga, 2017-yilning dekabr oyiga nisbatan 12,0 foizga, 2017-yilning noyabriga nisbatan esa 16,5 foizga qimmatlashgan.

O‘rtacha oylik narx indekslari o‘sish sur’atining hisoblanish tartibiga ko‘ra, 2019-yilning yanvar-noyabr oylari davomidagi iste’mol narxlari indeksi 1,1 foizni, 2018-yilning yanvar-noyabrida esa 1,0 foizni tashkil etgan. Shu tariqa, noyabr oyi davomida umumiy iste’mol narxlari indeksi joriy yilning yanvar-noyabr oylaridagi o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati ko‘rsatkichidan 0,6 darajaga yuqori bo‘ldi.

2019-yilning yanvar-noyabr oylari davomidagi narxlarning eng yuqori o‘sishi va pasayishi avgust (o‘sish sur’ati 2,9 foiz) hamda iyun (pasayish darajasi 0,5 foiz) oylariga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, joriy yilning noyabr oyidagi iste’mol narxlari indeksi o‘sish sur’ati 2019-yilning yanvar-noyabr oyidagi maksimal ko‘rsatkichdan 1,2 darajaga past, minimal natijadan 2,2 darajaga yuqori bo‘ldi.

Taqqoslash uchun: o‘tgan yilning mos davridagi qisqa davrli oylik iste’mol narxlari indeksi dinamikasi tahlili natijalariga ko‘ra, umumiy ko‘rsatkichning eng yuqori o‘sishi yanvar oyida (2,7 foiz), sezilarli darajada pasayishi esa iyun oyida (0,4 foiz) qayd etilgan.

2019 va 2018-yillarning o‘n bir oyi davomidagi qisqa davrli oylik umumiy iste’mol narxlari indeksi taqqoslash natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘rsatkichlar orasidagi maksimal chekinish yana avgust oyida (2019-yildagi 102,9 foizga qarshi 2018-yildagi 100,3 foiz), noyabr oyidagi farq esa 0,6 darajani tashkil etgan (2019-yil noyabrdagi 2,3 foizga qarshi 2018-yil noyabr oyidagi 1,7 foiz).

O‘tgan yilning oxiriga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 14,8 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 10,4 foiz va xizmatlar 14,9 foizga qimmatlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют