» » Oriflame kompaniyasi O‘zbekistonda rasmiy konseptual markazi va internet-do‘konini ochdi: ushbu tadbir qanday amalga oshdi (foto)

Oriflame kompaniyasi O‘zbekistonda rasmiy konseptual markazi va internet-do‘konini ochdi: ushbu tadbir qanday amalga oshdi (foto)


O‘zbekiston Oriflame go‘zallik dunyosiga qo‘shilgan 62-mamlakat bo‘ldi.

27-noyabr kuni Shvetsiyaning Oriflame kompaniyasi Toshkentda o‘zining konseptual markazini, shuningdek qulay formatdagi onlayn-do‘konini ochdi. Yangi vakolatxona O‘zbekistonliklarga rasman onlayn ravishda kompaniya mahsulotini xarid qilish imkoniyatini beradi.

Oriflame sizning uyingiz yoki ofisingizga qulay yetkazib berishdan tashqari mingdan ortiq go‘zallik mahsulotlarini taklif etadi. Kompaniyaning assortimenti muntazam yangilanib turadi: har yili dekorativ kosmetika, terini parvarish qilish vositalari, atir-upa va aksessuarlar toifalaridagi 400 dan ortiq yangi mahsulotlar chiqariladi. O‘zbekiston hududida sotiladigan barcha mahsulotlar mamlakat qonunchiligiga muvofiq sertifikatlanadi. Internet-do‘konida joylashtirilgan buyurtmalar kompaniyaning xususiy hamda zamonaviy ombori mavjudligi tufayli mahsulotni imkon qadar tezroq yetkazib berish imkonini beradi. Saytda ro‘yxatdan o‘tgan doimiy mijozlar uchun qo‘shimcha chegirmalar va maxsus aksiyalarda ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.

“Bugun biz uchun o‘ziga xos kun – O‘zbekistonda kompaniyamizning rasmiy ochilish kuni. Yangilikga intilish har doim yoqimli va qiziqarli jarayon bo’lib, odamlarga o‘z hayotlarini o‘zgartirishlari va orzularini ro‘yobga chiqarishlari uchun katta imkoniyatlarni beradi. Bugungi kunga qadar Oriflame 52 yildan beri 62 mamlakatda o‘z vakolatxonalarini ochgan. Hozirgi kunda biz butun dunyo bo‘ylab odamlarni mahsulotlarimiz bilan tanishtiradigan uch millionga yaqin maslahatchilarimizga egamiz. Biz mustaqil ravishda yuqori sifatli va etik standartlarga muvofiq mahsulot ishlab chiqarayotganimizdan juda g‘ururlanamiz. Bugungi kunda biz Rossiya, Polsha, Xitoy va boshqa mamlakatlarda o’z ishlab chiqarish quvvatlariga egamiz.

Biz ulug‘vor yoshga to’lganimizga qaramay, zamon talablari bilan hamnafas, innovatsion kompaniyamiz. Biz o‘z hamkorlarimizga mahsulotlarimizni Internet-maydonida tavsiya qilish imkoniyatini beramiz. Shuningdek, biz atrof-muhitni muhofaza qilish, xodimlarning korporativ javobgarligi va butun dunyo bo‘ylab hayriya faoliyatini amalga oshirishga katta e’tibor qaratamiz.

Bizning shiorimiz: “Go‘zallik. Shvetsiyada yaratilgan” bu bizning tushunchamizda ko‘pchilik odamlar uchun sifatli kosmetikaga ega bo‘lish mumkinligini anglatadi. Biz maqbul narxlar bo‘yicha yuqori standartlar bilan quvontirishga harakat qilamiz. Bizning go‘zalligimiz hammaboplik, ilg‘orlik, innovatsiya va eng muhimi, mahsulotimizga bo’lgan ishonch kabi shartlar asosida turadi”, – deydi, dunyo miqyosidagi Oriflame kompaniyasining Global bosh direktori o‘rinbosari, MDH davlatlari va Lotin Amerikasidagi xalqaro biznes hududlarining rahbari Yesper Martinson.

Oriflame Shvetsiyadan ekanligi va brend falsafasi asosida go‘zallikka bo‘lgan o‘ziga xos qarash yotadi: go‘zallikga – nafaqat insonning tashqi ko‘rinishi, balki uning o‘zini qanday his qilishi ham kiradi. Go‘zallik – bu sog‘liq haqida qayg‘urish, terini parvarish qilish, o‘zini ifoda eta olish va orzularni amalga oshirishdir. Chunki hayotiy muvozanat hamda tashqi va ichki uyg‘unlik – insonga qiyinchiliklarni yengish, rivojlanish va muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi.

“Brendimizning o‘ziga xosligi shundaki, biz go‘zallik deganida faqatgina tashqi ko‘rinishga yondashuvni emas, balki ichki ko‘rinishiga ham e’tiborga ahamiyat beramiz. Go‘zallikga intilish har bir insonga xos bo‘lib, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga bog‘liq bo‘ladi. Qachonki kishi o‘ziga nisbatan ishonchini his qilsa, uning go‘zalligi energiya va hissiyotlar darajasida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, biz asosiy e’tiborni teri salomatligiga qaratamiz. Bu bizning asosiy jihatlarimizdan biridir. Odamlar uzoqroq yashashni va doimo yosh ko‘rinishni xohlashadi. Ba’zida biz buni sezmaymizku, ammo sifatli mahsulotlardan foydalanish terining yosh ko’rinishini sezilarli darajada uzaytiradi. Odatda qarish belgilarining 80 foizi to‘g‘ri parvarish yordamida hal qilinadi va bu muammolarni oldindan bartaraf etadi, qolgan 20 foizi esa, irsiyatga bog‘liq bo‘ladi va ularni oldini olish nisbatan qiyinroq bo’ladi. Biz ana shu 80% ga e’tibor qaratamiz va kompaniyada nafaqat bitta mo‘jizaviy mahsulotga, balki tizimli yondashuvga diqqat qaratamiz. Ayol o‘z terisini parvarish qilishni qanchalik erta boshlasa, u bu bilan qarish jarayonini shunchalik kechiktiradi – biz aynan mana shu xabarni o‘z auditoriyamizga yetkazishni istaymiz” – deydi, Geografik rivojlanish, franshizalar va maxsus loyihalar bo‘yicha kompaniya katta vitse-prezidenti Sergey Kanashin.

Oriflame qo‘shimcha foyda keltiradigan – pul mukofotlari va dunyo bo‘ylab sayohatlarni taqdim etuvchi hamkorlikni taklif etadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar va Oriflame onlayn vositalari hamkorlarga o‘z bizneslarini mustaqil rivojlantirishga, o‘z vaqtlarini rejalashtirishga va qulay vaqtda har qanday joyda daromad olishlariga imkon beradi.

“Ayol qanchalik go‘zal ko‘rinmasin, o‘zini tartibga solmasin, turli xil kosmetik vositalardan foydalanmasin – eng asosiysi uning ko‘zlari qanday porlashi va o‘zini qanday his etishidir. Bu yoshga emas, balki uning ichki holatiga bog‘liq. Bu borada bizda juda ajoyib takliflar bor va bu bizning quyidagi marketing rejamizga mos tushadi – har kim o‘z kelajagiga ishonch hosil qilishiga imkon beradigan muvaffaqiyat rejasidir. Masalan, orzuingizdagi biznesini qurish, moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lish – juda ajoyib imkoniyat bo’lib, biz butun dunyo bo‘ylab shunday imkoniyatlarni taqdim etamiz. Bu bugungi kundagi eng muhim masalalardan biridir. Bugungi kunda dunyo onlayn-muloqotga sho‘ng‘ib ketgan odamlar ijtimoiy tarmoqlarda soatlab vaqtlarini o‘tkazishadi. Bu borada biz hamfikr odamlar davrasida muloqot qilish, dunyo bo‘ylab sayohat qilish, kompaniyada erishgan yutuqlari va his-tuyg‘ulari bilan bo‘lishish imkoniyatini beramiz. Biz go‘zallikni sevadigan odamlar jamoasimiz, ham tashqi, ham ichki tomonidan ijobiy, o‘ziga ishonadigan insonlar uyushmasimiz – bu ishonchni esa, bizga aynan Oriflame taqdim etadi”, – deydi, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston mintaqaviy direktori, Oriflame O‘zbekiston bosh direktori Yekaterina Mamedova.

Joriy yilning 27-28 noyabr kunlari Toshkent shahridagi International Tashkent hamda Radisson Blu Tashkent mehmonxonalarida Oriflame kompaniyasining O‘zbekistondagi hamkorlari uchun tantanali tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar Oriflame biznes imkoniyatlari, kompaniyaning tarixini muhokama qilish, dekorativ kosmetika va turmush tarzi bo‘yicha qisqacha ekskursdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgan yuzlab ayollarning uchrashuv joylariga aylandi. Shuningdek, tadbirda Rossiya va Qozog‘istonlik go‘zallik bo’yicha trenerlar – MDH mamlakatlarida Aloqa va Mahsulotlar treningi bo‘yicha Katta Menejer Natalya Raspopova va Markaziy Osiyoda Mahsulot va Aloqa bo‘yicha Menejeri Aygerim Joljanova tomonidan ekspert mahsulot-sessiyalar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun:

Oriflame 1967-yildan beri tabiatdan ilhomlangan va shved ilm-fanining so‘nggi yutuqlariga javob beradigan xavfsiz mahsulotlarni yaratib kelmoqda. Mahsulotlarning tarkibiy qismlari yetik usul bilan olingan va qat’iy ekologik talablarga javob beradi, formulalarning samaradorligi esa qat’iy klinik tadqiqot va sinovlar orqali tasdiqlangan. Bugungi kunda kompaniya dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida taqdim etilgan. O‘zbekiston Respublikasida Oriflame vakolatxonasini va 30 kishidan iborat jamoani O‘zbekistondagi Oriflame Bosh direktori va Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistondagi mintaqaviy direktori Yekaterina Mamedova boshqarib kelmoqda.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют