» » Farg‘onada IIB xodimlari talabini bajarmay, uyatli so‘zlar bilan so‘kingan huquqbuzar 15 sutkaga qamaldi

Farg‘onada IIB xodimlari talabini bajarmay, uyatli so‘zlar bilan so‘kingan huquqbuzar 15 sutkaga qamaldi


Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida IIB xodimlari talabini bajarmay, uyatli so‘zlar bilan so‘kingan huquqbuzar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Postda.uz” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi fuqaro M.G‘.ning tan jarohati olganligi holati bo‘yicha tuman IIB profilaktika inspektoriga surishtiruv ishlari olib borish vazifasi topshirilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borayotgan profilaktika inspektorining uyali telefoniga ushbu voqeaga hech qanday aloqasi bo‘lmagan tumanning “Mustaqillik” mahallasida yashovchi fuqaro Yu.E. qo‘ng‘iroq qilib, M.G‘.ning tan jarohati olganligi bo‘yicha to‘plangan hujjatlarini sudga yubormasligini talab qilib, tahdidli gaplar aytadi va kurakda turmaydigan so‘zlar bilan uni haqorat qilgan.

Profilaktika inspektori tuman IIB boshlig‘i nomiga Yu.E.ning harakatlari bo‘yicha bildirgi bilan murojaat qilib, unga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Mazkur bildirgi yuzasidan tuman IIBning tegishli xodimlari fuqaro Yu.E.ni holat bo‘yicha tushuntirish berish uchun bir necha marotaba ichki ishlar bo‘limiga chaqirilgan, ammo fuqaro bo‘limga kelishdan qat’iy bo‘yin tovlagan.

Natijada IIB xodimlari uning tuman markazida yurganligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olib, ma’muriy tartibda ushlab IIBga olib kelgan. Yu.E. esa xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, jamoat joyida baqir-chaqir qilib, uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzgan.

Oqibatda Yu.E. ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga sud tomonidan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima hamda 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют