» » Bundesliga. “Bavariya” o‘z maydonida, “Borussiya D” esa safarda yirik g‘alabaga erishdi

Bundesliga. “Bavariya” o‘z maydonida, “Borussiya D” esa safarda yirik g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 15-turi doirasida 14-dekabr, shanba kuni 5 ta uchrashuv yakunlandi.

Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Alyans Arena”da “Verder”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida mehmon jamoa yarim himoyachisi Milot Rashitsa (24) hisobni ochgan bo‘lsa, myunxenliklardan Filippe Koutinyo (45, 63, 78), Robert Levandovski (45, 72) hamda Tomas Myuller (75) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “Bavariya” o‘z uyida kechgan bahsda “Verder”ni yirik 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Myunxen klubi ochkolari sonini 27 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. “Verder” esa 14 ochko bilan 15-o‘rindan joy oldi.

Shu kuni Lyusyen Favr boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya” klubi esa safarda “Mayns”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvda “arilar” vakillari Marko Roys (32), Jeydon Sancho (66), Torgan Azar (69) va Niko Shults (84) o‘z hisobiga bittadan golni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Natijada Dortmund klubi mehmonda “Mayns” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik g‘alabaga erishdi (4:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Borussiya” 29 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Mayns” esa 15 ochko to‘plab, 14-pog‘onadan joy oldi.

Bundesliga

15-tur bahslari

14-dekabr, shanba

Gollar: 0:1 — 24 Rashitsa, 1:1 — 45 Koutinyo, 2:1 — 45 Levandovski, 3:1 — 63 Koutinyo, 4:1 — 72 Levandovski, 5:1 — 75 Myuller, 6:1 — 78 Koutinyo

Gol: 1:0 — 53 Darida

Gol: 0:1 — 32 Roys, 0:2 — 66 Sancho, 0:3 — 69 Azar, 0:4 — 84 Shults

Gollar: 1:0 — 73 Kordoba, 2:0 — 84 Bornauv

Gollar: 0:1 — 7 Ingvartsen, 1:1 — 33 Preger

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют