» » Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi

Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 16-turi doirasida 18-dekabr, chorshanba kuni 5 ta o‘yin yakunlandi.

Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi mehmonda “Frayburg”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “qizillar” vakillari Robert Levandovski (16), Joshua Zirkzeye (90) hamda Serj Gnabri (90) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mezbonlarning goliga Vinchenso Grifo (58) mualliflik qildi.

Shu tariqa Myunxen klubi safarda kechgan bahsda “Frayburg” ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolari sonini 30 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Frayburg” esa 25 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga

16-tur bahslari

18-dekabr, chorshanba

Gol: 0:1 — 64 Rekik

Gollar: 1:0 — 46 Plea, 2:0 — 67, penalti Shtindl

Gollar: 0:1 — 51 Kabak, 1:1 — 82 Mbabu

Gollar: 1:0 — 6 Xinteregger, 2:0 — 30 Pasiyensiya, 2:1 — 44 Xektor, 2:2 — 72 Bornauv, 2:3 — 81 Dreksler, 2:4 — 90 Yakobs

Gollar: 0:1 — 16 Levandovski, 1:1 — 58 Grifo, 1:2 — 90 Zirkzeye, 1:3 — 90 Gnabri

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют