» » Eshli Yang “Manchester Yunayted”ni tark etdi

Eshli Yang “Manchester Yunayted”ni tark etdi


“Manchester Yunayted” himoyachisi Eshli Yang faoliyatini “Inter”da davom ettiradi. Bu haqda milanliklar klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

34 yoshli ingliz futbolchisi “Inter” bilan 2020-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.

Transfer narxi 1,5 million yevro atrofida bo‘lgani xabar qilinmoqda. Avvlaroq Yang milanliklar klubida 1,5 yil mobaynida 6 million yevro ishlashi aytilgandi.

Yang 2011-yildan buyon “Manchester Yunayted”da faoliyat yuritib kelar edi. U klub uchun umumiy miqdorda 261 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urishga erishgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют