» » OChL. “Bunyodkor” guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun “Al-Ayn” bilan bahs olib boradi

OChL. “Bunyodkor” guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun “Al-Ayn” bilan bahs olib boradi


Toshkentning “Bunyodkor” klubi 28-yanvar, seshanba kuni Osiyo Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichida “Al-Ayn”ga qarshi bahs olib boradi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida bo‘lib o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan 19:40 da boshlanadi. Uchrashuvni Ko Hyun Jin boshchiligidagi Janubiy koreyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Vadim Abramov jamoasi 2-saralash bosqichida Iroqning “Az-Zavra” klubini mag‘lub etib (4:1), ushbu bosqichga yo‘l olgandi. Mazkur o‘yin g‘olibi Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma oladi.

28-yanvar kuni shuningdek, Odil Ahmedov harakat qilayotgan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi. Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi to‘p suradigan “Seul” jamoasi esa “Kedah”ni qabul qiladi. Avvalgi bosqichda “Lokomotiv”ni taslim etgan “Istiqlol” Jiddada “Al-Ahli” bilan kuch sinashadi.

OChL—2020

Uchinchi saralash bosqichi

28-yanvar, seshanba

12:00. “Shanxay SIPG” (Xitoy) — “Buriram Yunayted” (Tailand)

15:00. “Seul” (Janubiy Koreya) — “Kedah” (Malayziya)

22:30. “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) — “Istiqlol” (Tojikiston)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют