» » Xitoy hozirda chet el fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayapti

Xitoy hozirda chet el fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayapti


27-yanvar kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligida Pekin shahrida akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari uchun brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasiga tayanib, Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Brifingda xotirjamlikni saqlash zarurligi ta’kidlanib, bir qator tavsiyalar berilgan:

Chet el diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillarining savollariga javob bera turib, Xitoy tomoni mamlakat hukumati hozirda chet el fuqarolarini Uxan shahridan evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayotganini e’lon qildi.

Elchixona yanvar oyida Uxandan vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalarni zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan +998(90)988-23-30 (direktor o‘rinbosari B.Qurbonov), +998(97)275-50-74 (bosh mutaxassis F.Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog‘lanishni qat’iy tavsiya qiladi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasiga +86 135 1102-4242 (Bobur Yahyoyev), +86 139 1175-4476 (Shuhrat Umirov) telefon raqamlari orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga +86 131 2255-5772 (Aziz Ulug‘bekov) telefon raqami orqali murojaat qilishi mumkinligini eslatib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Xubeydagi Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi. Bundan tashqari, yana o‘ndan ortiq mamlakatda xuddi shu virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to‘liq yoki qisman yopilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni murakkab deb atagan. O‘zbekistonda ushbu virusning mamlakatga kirib kelmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda.

Avvalroq Fransiya va Yaponiya Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi diplomatik vakolatxonalar Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib keta olmayotganini, TIV rahbari Abdulaziz Komilov esa Uxandagi vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelinishini ma’lum qilgan edi. 26-yanvar, yakshanba kuni, esa Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilib, aeroportning o‘zida jiddiy tekshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют