» » Odil Ahmedov jamoasi Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqdi

Odil Ahmedov jamoasi Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqdi


Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma beruvchi so‘nggi saralash bosqichida Xitoyning “Shanxay SIPG” va Tailandning “Buriram Yunayted” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Shanxayda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdagi birinchi gol 75-daqiqaga kelib kiritildi, zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Li Sheng Long hisobni ochdi.

Hakam Aziz Asimov tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Marko Arnautovich va Halk hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov o‘yinda to‘liq harakat qildi.

Shu tariqa shanxayliklar klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi va “H” guruhida “Sidney”, “Yokogama”, “Chonbuk Motors” kabi jamoalarga qarshi bahs olib boradi.

OChL—2020

Uchinchi saralash bosqichi

28-yanvar, seshanba

Gollar: 1:0 — 75 Li Sheng Long, 2:0 — 90+2 Arnautovich, 3:0 — 90+5 Halk

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют