» » Eriell Group: “2017—2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturi”ni amalga oshirishda yangi natijaga erishildi

Eriell Group: “2017—2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturi”ni amalga oshirishda yangi natijaga erishildi


Quduqlarni qurish va kapital ta’mirlashga ixtisoslashgan Eriell Group “2017—2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturi” doirasidagi “O‘zbekneftegaz” AJ konlarini jihozlash va foydalanishga topshirish bo‘yicha loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda davom etmoqda.

Masalan, yanvar oyi oxirida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kompaniya mutaxassislari tomonidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Arslan” konini jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Diametri 108x6 millimetr va uzunligi 600 metr bo‘lgan gaz quvuri-shleyfi qurildi, mavjud yig‘ma punktga ulangan va bundan buyon foydalanish uchun “O‘zbekneftegaz” AJga topshirilgan 22-quduq ishga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, “2017—2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturi”ning asosiy vazifasi — istiqbolli maydonlar va konlarda quduqlar va obyektlarni jadal qurish yo‘li bilan uzoq muddatli istiqbolga Respublikaning mintaqalariga gaz yetkazib berishni ta’minlash va mamlakat aholisi va iqtisodiyotining uglevodorodlarga ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

Yanada ko‘proq yangiliklar kompaniyaning rasmiy Telegram-kanalida: t.me/eriell

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют