» » Namanganda qalbaki 20 ming AQSh dollarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

Namanganda qalbaki 20 ming AQSh dollarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi


DXXning Namangan viloyati boshqarmasi va Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasini jalb qilgan holda o‘tkazgan o‘zaro hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida katta miqdordagi qalbaki xorijiy valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Xususan, Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati Ola-buqa tumanida istiqomat qiluvchi, 1987-yilda tug‘ilgan M.N. chegaradan noqonuniy olib kirilgan 200 dona qalbaki 100 AQSh dollari kupyurasini Namangan shahrida xaridorga 9 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Ushbu qalbaki 20 ming AQSh dollarining milliy valyutadagi ekvivalenti 190 million so‘mdan ziyodni tashkil etadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida mazkur ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют