» » Nazarboyev nevarasining kop millionli korrupsiya haqidagi gaplari Qozogistonga nisbatan bosim ekani aytildi

Nazarboyev nevarasining kop millionli korrupsiya haqidagi gaplari Qozogistonga nisbatan bosim ekani aytildi


Qozogistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysultonning Facebookdagi postlari muayyan shaxslarning tasiri ostida yozilgan va bu mamlakatga togridan togri bosim otkazish, degan Axborot va jamiyat taraqqiyoti vaziri Dauren Abayev. Bu haqdaKommersant xabar qildi.

Avvalroq Oysulton Nazarboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana berishni soragan va Rossiya va Qozogiston hukumatlari ortasidagi yirik kolamli korrupsiyava xalqdan ogirlangan milliardlab dollarlar haqidagi malumotga ega ekani haqida yozgandi.

29 yoshli Oysulton Nazarboyev Qozogiston birinchi prezidentining tongich qizi Dariga Nazarboyeva va Rahat Aliyevning ogli. U Britaniyaning Sandxerst qirollik harbiy akademiyasini tamomlagan va Qozogiston bosh razvedka mudofaa boshqarmasiga ishga olingandi.

Men giyohvandlikka berilgan odamning gaplaridan iqtibos keltirish, u gaplarga asoslanib nimadir aytish va uni muhokama qilish odobdan emas deb hisoblayman. Ushbu holatda uning ochiqchasiga gapirayotgani emas, balki sogligi bilan bogliq vaziyat xavotir uygotadi. U Facebookda yozgan postlar kimlarningdir tasiri ostida elon qilingan deb hisoblayman, deya ushbu vaziyatga izoh bergan Xabar telekanali efirida Qozogiston vaziri.

Abayev Nursulton Nazarboyevning nevarasi giyohvand moddalar istemol qilishga mukkasidan ketganini va shu sababli uning bu kabi fikrlarini jiddiy qabul qilishga asos yoqligini qayd etgan.

Hozir sodir bolayotgan hodisa undan garaz maqsadlarda foydalanish va mamlakatimizga bosim otkazish, iflos oyin, degan vazir.

Oysulton Nazarboyev kop millionli korrupsiya haqidagi malumotlarni Britaniyaning The Times nashriga bergan intervyusida oshkor etishini bildirgan. Yigit intervyuning qachon elon qilinishi haqida aniq malumot bermagan. Bir oy avval Oysulton Facebookdagi sahifasida Nursulton Nazarboyevning nevarasi emas, balki ogli ekani haqida post qoldirgandi.

Mavzuga doir:Nazarboyevning nevarasi qozoq xalqi dushmanlarini sanab otdi

Bir necha oy ilgari esa Oysulton Nazarboyev begona shaxsning mulki hisoblangan uyga bostirib kirgani va politsiyachi bilan mushtlashgani uchun London sudi tomonidan bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Sud qaroriga kora u ushbu muddat ichida giyohvand moddalarga qaramlikdan ham davolanishi belgilangandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-02-2020, 10:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
:
-
:
20 ... -