» » Suriyada ikki nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi

Suriyada ikki nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi


Suriyada jangarilar hujumi oqibatida rossiyalik ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Halok bo‘lganlarning har ikkisi shartnoma asosida Suriya qurolli kuchlari safida instruktorlik qilayotgan xizmatchilar bo‘lgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi axborotida qayd etilishicha, ular minomyot o‘qlari yomg‘iri ostida qolgan. Ular bilan birga bo‘lgan rossiyalik harbiy maslahatchi yaralangan.

Rossiya 2015-yil kuzidan beri Suriyada harbiy kampaniya olib bormoqda. Rossiyalik harbiylar prezident Bashar Asad kuchlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyada umumiy hisobda 30 dan ziyod rossiyalik harbiy halok bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют