» » Koronavirus sabab Fransiyada futbol uchrashuvlari qoldirilishi mumkin

Koronavirus sabab Fransiyada futbol uchrashuvlari qoldirilishi mumkin


Koronavirus bilan bog‘liq epidemiya sur’ati o‘sib borayotgani bois Fransiyada futbol uchrashuvlari bekor qilinishi mumkin, deya xabar bermoqda RMC.

Bu haqda Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veran ma’lum qilgan. Aytilishicha, uchrashuvlarni bekor qilish bilan bog‘liq holatning har biri alohida ko‘rib chiqiladi, bunda o‘yin o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hudud muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Kubogining 4-mart sanasiga belgilangan “Lion” — PSJ hamda “Sent-Etyen” — “Renn” yarim final bahslari o‘z muddatida bo‘lib o‘tadi.

Butun dunyoga jiddiy xavf solayotgan koronavirus tarqalishi sababli hozircha ikki mamlakat — Italiya hamda Shveysariyada futbol uchrashuvlari boshqa muddatga ko‘chirilgan edi.

Avvalroq FIFA rahbari ushbu virus tufayli ortiqcha vahima ko‘tarmaslikka chaqirgani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют