» » Rossiyada koronavirus haqida asossiz ma’lumotlar tarqatgan shaxslar qo‘lga olindi

Rossiyada koronavirus haqida asossiz ma’lumotlar tarqatgan shaxslar qo‘lga olindi


Rossiyaning Moskva shahrida internet orqali koronavirus tarqalishi haqida asossiz xabarlar tarqatganlikda gumonlanib, bir necha kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Hozirda qo‘lga olinganlar tergovoldi harakatlariga jalb qilingan.

Huquq-tartibot organlari hozirda asossiz xabarlarni o‘chirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Avvalroq Kremlda Putinni koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berilgan edi.

Fevral oyi oxirida Italiyadan qaytgan erkakda koronavirus topilganligi 2-mart, dushanba kuni, ma’lum bo‘ldi. U shifokorlarga murojaat qilgan, shundan so‘ng u kasalxonaga davolanish uchun joylashtirilgan. Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus aniqlangandan so‘ng 85 kishi karantinga olingani, 24 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir: 

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni esa 90 370 kishiga yetgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335) ketmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, dunyoning 64 davlatida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: Tarmoqlarda Moskvada 20 ming odam koronavirus bilan kasallangani haqida feyk xabarlar tarqaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют