» » Oliy ta’lim vazirligi talabalar o‘qishga formasiz borish uchun litsenziya olishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Oliy ta’lim vazirligi talabalar o‘qishga formasiz borish uchun litsenziya olishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi


O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturi tomonidan tayyorlangan “Pulini to‘lab qo‘yib, o‘qishga formasiz borish mumkinmi?” mazmunidagi lavhaga munosabat bildirdi.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, mazkur lavha ijtimoiy tarmoqlarda turli talqinlarni keltirib chiqargan. Mazkur lavhada aytilishicha, talabalar o‘qishga formasiz kelishi uchun bir yilda 2,23 million so‘m to‘lashi va bir yillik litsenziyani qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlar noto‘g‘ri ekanligini rasman ma’lum qilgan.

“Vazirlik tizimda talaba va o‘quvchilarning kiyinishi bo‘yicha bunday g‘ayriqonuniy tartib-qoidalar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaydi”, — deyiladi vazirlik munosabatida.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ham mazkur lavhaga o‘z munosabatini bildirdi.

Xalq ta’limi vazirligi ham mazkur xabarlar noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlagan va vazirlikning bunday “tashabbusi” haqida xabari yo‘qligini ma’lum qilgan.

Vazirlikning qayd etishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur nizomda o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan talablar keltirib o‘tilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют