» » Google koronavirus tufayli o‘z xodimlariga uydan ishlashni tavsiya qildi

Google koronavirus tufayli o‘z xodimlariga uydan ishlashni tavsiya qildi


Google kompaniyasi Shimoliy Amerikadagi xodimlariga koronavirus yuqtirish ehtimolini kamaytirish uchun uydan ishlashni tavsiya qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Shimoliy Amerikadagi barcha ofislarimiz xodimlariga hozirda uydan ishlashni tavsiya qildik. Bizning maqsadimiz ofislarda xodimlar sonini qisqartirish, bu esa ekspertlar fikricha, COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini oladi”, — deydi Google vakili.

Kompaniyaning Shimoliy Amerikadagi ofislarida kamida 100 ming kishi mehnat qiladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 112 427 kishi koronavirus bilan kasallangan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni esa 63 578 kishini tashkil etmoqda. Xitoydan tashqarida kasallik qurbonlari eng ko‘p Italiya (463), Eron (237), Janubiy Koreya (51), AQSh (24) va Fransiyada (19) qayd etilgan.

Avvalroq Xitoyda koronavirusga chalinishning 24 ta yangi holatidan 10 tasi chetdan yuqtirilgani aniqlangan edi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishining oldini olish uchun chegaralarda sanitar nazoratni kuchaytirish hamda epidemiya tarqalgan xorijiy mamlakatlardan kirib kelayotganlar uchun qat’iy karantin siyosatini belgilash zarur.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют