» » Donald Tramp koronavirusga test topshirdi. Unda kasallik aniqlanmadi

Donald Tramp koronavirusga test topshirdi. Unda kasallik aniqlanmadi


AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga chalinmagan — o‘tkazilgan tekshiruv shunday natija ko‘rsatdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishem ma’lum qildi.

“Mar-a-Lagoda Braziliya delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan kechki ovqatdan bir hafta o‘tib ham prezident Trampda hech qanday kasallik belgilari namoyon bo‘lmadi”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Bu axborot Trampning shaxsiy shifokori Shon Konli tomonidan ham tasdiqlandi. “Bugun oqshomda tekshiruv prezidentda koronavirus yo‘qligini tasdiqlagani haqida xabar topdim”, — dedi u.

Mavzuga doir: AQShda koronavirus tarqalishi oqibatida favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

Trampning salomatligi borasidagi xavotirlar u konservatorlar qurultoyida kasallanganlar bilan ko‘rishgan kongressmenlarni qabul qilganidan so‘ng, shuningdek, Braziliya delegatsiyasi bilan uchrashuvlaridan so‘ng paydo bo‘lgan edi.

Uchrashuvlar davomida Tramp Braziliya prezidenti matbuot kotibi Fabio Vayngarten bilan birga suratga tushgandi — uchrashuvdan ko‘p o‘tmay Vayngartenda koronavirus infeksiyasi topildi.

Mavzuga doir: Braziliya prezidenti koronavirus bilan kasallangani haqidagi xabarlarni inkor etdi

Shundan so‘ng AQSh prezidenti 14-mart, shanba kuni, koronavirusga test topshirib, prezident ma’muriyatining u bilan muloqotda bo‘lgan barcha xodimlari ham tekshiruvdan o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, AQSh prezidenti ishtirokidagi matbuot anjumanlariga tashrif buyurayotgan jurnalistlarning tana haroratini o‘lchash amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga doir: Isiriq va teplovizorlar himoyasidagi O‘zbekiston Senati: Yuqori palata mehmonlarining tana harorati tekshirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют