» » Maktabgacha ta’lim vazirligiga “Bolajon” va yana 3 ta vaqtinchalik telekanal video-mashg‘ulotlar uchun berilishi mumkin

Maktabgacha ta’lim vazirligiga “Bolajon” va yana 3 ta vaqtinchalik telekanal video-mashg‘ulotlar uchun berilishi mumkin


Maktabgacha ta’lim vazirligiga “Bolajon” va yana 3 ta vaqtinchalik telekanal video-mashg‘ulotlar uchun berilishi mumkin. Bu haqda Agrepina Shin koronavirus infeksiyasi tufayli karantin davrida maktabgacha talim tizimida ko‘rilayotgan choralar xususidagi davra suhbatida ma’lum qildi.

“Biz bu borada ‘O‘zbekiston’ milliy teleradiokompaniyasi bilan ishlarni boshladik. Birinchi galda — bu ‘Bolajon’ kanali. Ammo rahbariyat bilan bizga yana 3 ta vaqtinchalik kanalni video-mashg‘ulotlarni uzatish uchun taqdim etilishini muhokama qildik”.

Mavzuga doir: Maktabgacha ta’lim vazirligi koronovirusning kirib kelishi va oldini olish yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Shuningdek, metodistlar, yetakchi mutaxassislar tomonidan ota-onalarga uyda bolalari bilan mashg‘ulotlar olib borish, qo‘l mehnatiga asoslangan buyumlar yasash borasida ko‘mak beriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida karantin davrida ishlaydigan metodistlarning asosiy vazifasi ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib borish, bolalar bilan bo‘sh vaqtlarini tashkil etish borasida tavsiyalar berishdan iborat bo‘ladi.

Mavzuga doir:

Agrepina Shin karantin davrida bolalarning ota-onalariga ta’til berilishi masalasiga izoh berdi

Agrepina Shin maktabgacha ta’lim muassasalarida qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi

Bundan tashqari, ular amaldagi masalalar, ish jarayonida to‘planib qolingan muammolar bilan shug‘ullanish, qog‘ozlar bilan ishlash, yangi rejalar tuzish, ish uslubida o‘zgarishlar qilish bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari uchun 16-mart kunidan ta’til e’lon qilingan. Karantin shartli ravishda 31-martgacha davom etishi belgilangan. Ammo mazkur muddat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan beriladigan buyruq bilan o‘zgarishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют