» » Brent markali neft narxi 16 foizga o‘sdi

Brent markali neft narxi 16 foizga o‘sdi


Brent va WTI markali neft narxlari mos ravishda 16 va 30 foizga o‘sdi. Brent narxi qariyb 29 dollargacha ko‘tarildi, WTI esa barrel uchun 26 dollarga baholangan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Bozorda neftga bo‘lgan talab koronavirus pandemiyasi tufayli keskin tushib ketgan, oqibatda neft narxlarining pastga qarab qulashi kuzatildi. Mart oyi boshida OPEK+ kelishuvining amalga oshmagani, bozorda sarosima paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

OPEK kelishuvi va unga kirmagan davlatlarning yoqilg‘i ishlab chiqarishni qisqartirishi 2017-yil boshidan buyon amalda edi. Shartnoma bir necha marta uzaytirilib, uning qoidalari ham o‘zgargandi. 2019-yil apreliga qadar kelishuv doiarsida 2018-yil oktabr oyi bilan solishtirganda neft ishlab chiqarish hajmini sutkasiga 1,2 million barrelga qisqartirish ko‘zda tutilgandi, 2020-yil birinchi choragida esa 1,7 barrelga qisqarishi mo‘jallangandi.

Mavzuga doir:

Saudiya Arabistoni ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni, Rossiya esa mvjud shartlarni saqlab qolishni talab qildi. Oqibatda tomonlar bu borada kelisha olmadi a 1-apreldan boshlab kelishuv ishtirokchilarida birorta ham majburiyat qolmaydi.

Ushbu hodisadan keyin Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish niyatini oshkor etdi, mamlakat neft narxini pasaytirib, Yevropadagi xaridorlarga chegirmalar bilan sotib olishni taklif qilmoqchi. Bu dunyo bozorlarida neft kotirovkalarining ikki baravar yoki undan ham ko‘p pastlashiga olib keldi.

Mavzuga doir: London birjasida Brent markali neft narxi 2003-yildan beri ilk bora 27 dollardan pastladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют