» » “Real”ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

“Real”ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi


Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Marca’ning xabar qilishicha, madridliklarning asosiy maqsadi “Borussiya D” hujumchisi Erling Holand bo‘lib turibdi.

Shu bilan birga “Real” PSJ forvardi Kilian Mbappeni ham qo‘lga kiritish niyatidan qaytmagan. Biroq jamoa 2020-yilning yozida bu ishni amalga oshira olishiga ko‘zi yetmayapti.

19 yoshli norvegiyalik futbolchi yanvarda “Zalsburg”dan dortmundliklar safiga kelib qo‘shildi. Avvalroq futbolchiga “Yuventus”dan ham qiziqish borligi xabar qilingandi.

Holand Bundesliganing joriy mavsumida 8 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va ikkita samarali uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют