» » Kaspersky Lab mutaxassisi Toshkentdagi Inha universitetida kibertahdidlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi

Kaspersky Lab mutaxassisi Toshkentdagi Inha universitetida kibertahdidlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi


Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) da “Laboratoriya Kasperskogo” (Kaspersky Lab) kompaniyasi tomonidan “Markaziy Osiyoda kibertahdidlar landshafti” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Ma’lumki mazkur kompaniya axborot xavfsizligi sohasida ishlaydigan dunyodagi eng yirik xususiy kompaniyalardan biridir, deb yozadi Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati.

Kaspersky Lab’ning Markaziy Osiyo va Mongoliyadagi hududiy ofisi tijorat direktori Valeriy Zubanov IUT’ning talabalari hamda o‘qituvchi-professorlari tarkibi uchun taqdimot o‘tkazdi.

Tadbir davomida Valeriy Zubanov jahon hamda Markaziy Osiyo hududi, shu jumladan O‘zbekistondagi eng asosiy kibertahdidlar to‘g‘risida gapirib berdi.

Kaspersky Lab ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi asosiy kibertahdidlar bu spamlar, xavfli havolalar va lokal tahdid (fleshka)lardir.

Kaspersky Lab vakilining qayd etishicha, yangilanmagan dasturiy ta’minotlar kibertahdidlar uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Uning aytishicha, tahdidlarning oldini olish uchun doimiy tarzda dasturiy ta’minotlarni yangilab turish lozim.

Valeriy Zubanov eng muhim axborotlarning rezerv nusxasini yaratish judayam muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют