» » Samarqandda qo‘shnisini koronavirusdan o‘ldiga chiqarib, yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro bir oyga qamaldi

Samarqandda qo‘shnisini koronavirusdan o‘ldiga chiqarib, yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro bir oyga qamaldi


Samarqandda qo‘shnisini koronavirusga chalinib, ko‘p aroq ichib o‘ldi deb yolg‘on xabar tarqatgan va jamoatchilikni chalg‘itishga uringan fuqaro 30 kun qamoqda o‘tiradigan bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Mavzuga doir:

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning qilmishi DXX viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan fosh etilgan.

Aniqlanishicha, Paxtachi tumanida yashovchi 43 yoshli A.Sh. joriy yilning 25-mart kuni soat 16:00 da marhum mahalladoshini “ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilganligi uchun vafot etdi” deb eshitgan. Va shu xabarni ijtimoiy tarmoqda “Paxtachi tumani ‘Toma’ mahallasida yashovchi O. ismli shaxs koronavirusga chalinib, ko‘p miqdorda aroq ichib, bugun vafot etganligi aytilmoqda”, deb xabar tarqatgan.

Vaziyat o‘rganilganda fuqaro tarqatgan xabar yolg‘onligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur ishni ko‘rib chiqqan Paxtachi tuman ma’muriy sudi A.Sh.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasi (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) bilan aybli deb topib, 30 sutka qamoq jazosini tayinladi.

 Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют