» » Fransuz tergovchilari Marin Le Penni deputatlik immunitetidan mahrum etishni talab qildi

Fransuz tergovchilari Marin Le Penni deputatlik immunitetidan mahrum etishni talab qildi


Fransiya prezidentligiga nomzod, “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Penga nisbatan tekshiruv bilan shug‘ullanayotgan fransuz tergovchilari Yevroparlamentdan uni deputatlik immunitetidan mahrum etishni talab qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Le Pen parlament immunitetini ro‘kach qilib, saylovoldi kampaniyasi yakunlanmaguncha tergovchilarga ko‘rsatma bermasligini bildirgandi.

“Milliy front” yetakchisi partiyasi xodimlarini parlamentdagi yordamchilari etib tayinlash va ularga Yevroparlament budjetidan maosh to‘laganlikda ayblanmoqda. Biroq bu xodimlar parlament yo‘nalishida deyarli hech qanday ish bajarmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Marin Le Penning Parijdagi shtab-kvartirasiga o‘t qo‘yilgani ma’lum qilingandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют