» » “Manchester Yunayted” va “Real” 19 yoshli futbolchi uchun kurash olib boradi

“Manchester Yunayted” va “Real” 19 yoshli futbolchi uchun kurash olib boradi


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holand yana “Manchester Yunayted” qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Manchester shahri klubi norvegiyalik futbolchi uchun “Real” bilan kurashishga tayyor, deya xabar qilmoqda ESPN. Yanvar oyida “Manchester Yunayted” 19 yoshli hujumchini qo‘lga kirita olmagandi.

Avvalroq Holand “Real”ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadiga aylangani xabar qilingandi. “Qaymoqranglilar” muntazam gol uradigan futbolchiga muhtoj va bu rolda Erlingni ko‘rmoqda.

Mavzuga doir: “Real”ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, ayni damda 75 million yevroga baholanayotgan transfer narxi koronavirus sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng kamayadi.

Holand “Borussiya”ga 2020-yilning yanvarida 20 million yevro evaziga “Zalsburg”dan o‘tdi. Bundesligada Erling 8 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va bitta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” shuningdek, dortmundliklarning yana bir hujumchisi Jeydon Sanchoga ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют