» » Futbol bo‘yicha JCh—2018 va JCh—2022 mezbonini aniqlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani ma’lum qilindi

Futbol bo‘yicha JCh—2018 va JCh—2022 mezbonini aniqlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani ma’lum qilindi


AQSh yustitsiya vazirligi futbol bo‘yicha 2018 va 2022-yilgi Jahon Chempionatlari mezbonlarini aniqlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganini aytmoqda.

Ta’kidlanishicha, FIFA sobiq vitse-prezidenti Trinidad va Tobagodan bo‘lgan Jek Uorner o‘zining ovozini Rossiyaga berish uchun sotib olingan. Shuningdek, Gvatemala vakili Rafael Salgeroga ham pora taklif qilingan.

Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Rikardo Teysheyra, KONMEBOL sobiq rahbari, 2019-yilda vafot etgan paragvaylik Nikolas Leos va yana bir nomi sir tutilgan ijroqo‘m vakili JCh—2022 musobaqasi mezbonini aniqlash vaqtida pora olgan.

Jek Uorner 5 million dollar miqdorida pora olgan. Salgeroga 1 million taklif qilingan. Vazirlik ayblovida mazkur pul berilgan yoki berilmagani ochiqlanmagan.

2010-yil noyabridan 2011-yilning apreliga qadar Uornerga yigirmadan ortiq pul o‘tkazmalari orqali 5 million dollar berilgan. To‘lovlar Kipr va Virginiya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan ofshor kompaniyalar orqali bo‘lgan.

Shuningdek, 2010-yilda Uornerning assistenti elektron xat qabul qilib olgan, unda Uorner “kelishilgan ishni amalga oshirish”i kerakligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Uorner 2015-yilda futbolga oid har qanday faoliyatdan bir umrga chetlatilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют