» » Toshkentda karantin qoidasini buzib, profilaktika inspektorining pogonini yulib olgan ayol uy qamog‘iga olindi

Toshkentda karantin qoidasini buzib, profilaktika inspektorining pogonini yulib olgan ayol uy qamog‘iga olindi


Toshkentda profilaktika inspektorining pogonini yulib, xizmat kiyimini yirtib tashlagan 27 yoshli ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi. Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, unga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Dastlabki tergov davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 27 yoshli P.P. 2-aprel kuni soat 12:30 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi joriy etilgan karantin qoidalarini buzganligi sababli Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi inspektori F. Ibrohimov tomonidan to‘xtatilgan.

Ayol inspektorning jamoat joylarida niqobsiz yurish mumkin emasligi yuzasidan bergan og‘zaki tanbehiga va niqob taqishi haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan o‘z yo‘lida davom etgan. Shu sababli uni IIO FMBga olib borish va sodir etilgan huquqbuzarlik uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish choralari ko‘rilgan.

Shunda ayol inspektor F. Ibrohimovning qonuniy faoliyatiga faol qarshilik qilib, unga tan jarohati yetkazib, xizmat kiyimi va aloqa vositalariga shikast yetkazgan. IIO FMBga olib kelinganda ham o‘z harakatlarini davom ettirib F. Ibrohimov va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini haqoratlab, qo‘li bilan ularni urib, hujjatlarni rasmiylashtirishga yo‘l bermasdan bo‘limdan chiqarib yuborishni talab qilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda ichki ishlar organlarining karantinda olib borayotgan ishlarini masxara qilgan bloger 7 sutkaga qamaldi

7-aprel kuni P. P. mazkur jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, shu kuni soat 18:25 da Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan va 8-aprel kuni unga Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, sud unga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini hal etishda uning tergov harakatlarini xolisona olib borilishiga to‘sqinlik qilib, guvohlarni ko‘ndirishga urinishi mumkinligini, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish uchun joriy etilgan karantin holatini inobatga olib, unga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni lozim topdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Qonunga ko‘ra, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi va jarimalar miqdori bir necha barobarga oshirildi. 25-martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlandi. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi.

Avvalroq Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida niqobsiz yurib, Amir Temur haykalidan koronavirus O‘zbekistondan qachon ketishini so‘ragan bir qiz va ikki yigit 15 sutkaga qamalgani, shuningdek, Sirdaryoda karantin qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilgan fuqaro ham 15 sutkaga qamalgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют