» » Xitoyda koronavirusning yangi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi prognoz qilindi

Xitoyda koronavirusning yangi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi prognoz qilindi


Insoniyat yoz faslida koronavirus pandemiyasidan butkul qutula olmaydi, noyabr oyida kasallikning yangi to‘lqini yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda COVID-19’ni davolash bo‘yicha Shanxaydagi ekspertlar guruhi a’zosi Chjan Venxunga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Kasallik Janubiy Amerika, Afrika, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatida ham paydo bo‘la boshladi, shu sababli mavjud matematik modelga ko‘ra, qish kelishi bilan yana hamma uyida o‘tiradi, guruh-guruh bo‘lib to‘plana boshlaydi”, — deydi ekspert.

Chjan Venxun pandemiya vaqtida to‘plagan tajribasiga tayanib ma’lum qilishicha, navbatdagi to‘lqin diagnostika sohasida hozirgidek jiddiy bo‘lmaydi.

“Biroq tibbiyot resurslari bo‘yicha yetishmovchilikka ega davlatlar, jumladan, Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlari qishni o‘tkazib olishda qiynaladi”, — deydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jahondagi epidemiologik vaziyatning nazorati Xitoy, AQSh yoki Yevropaga emas, epidemiyaga qarshi kurashish uchun eng kam imkoniyatga ega bo‘lgan davlatlarga bog‘liq.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon 83 135 kishida koronavirus aniqlangan, jami 3343 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Epidemiolog Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholadi

Avvalroq Xitoy o‘z hududida koronavirus tarqalishini to‘xtatgani, mamlakatda avtomobil sanoati yana oyoqqa turib, ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. 8-aprel kuni Xitoy hukumati yanvar oyidan beri ilk bor Uxandan chiqish yo‘llarini ochdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют