» » O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Ozarbayjonga insonparvarlik yordami yuboradi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Ozarbayjonga insonparvarlik yordami yuboradi


O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga asosan Ozarbayjonga koronavirus COVID-19 kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyumlar va vositalar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko‘ra Ozarbayjonga tibbiy buyumlar va vositalar shaklidagi insonparvarlik yordami yuboriladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining “Markaziy” davlat korxonasi insonparvarlik yordami yukini shakllantirish punkti etib belgilandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki yetkazib berilishi uchun mas’ul etib belgilandi. Vazirlik insonparvarlik yukini yetkazib berish ishlari muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, uni to‘plash va jo‘natish punktiga yetkazib berish uchun zarur avtotransport vositalarini ajratadi.

Insonparvarlik yordami yukini tezkorlik bilan taqsimlash maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan insonparvarlik yordami yuki qadoqlanib, uning bir kun muddatda shakllantirish punktiga yetkazib berilishi inobatga olinadi. Transport vazirligi insonparvarlik yukini Ozarbayjonga yetkazish uchun belgilangan tartibda yuk havo kemasini ajratadi.

Belgilanishicha, insonparvarlik yordami yukining tannarxi, uni qadoqlash, shakllantirish punktiga hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan, insonparvarlik yukini tashish bo‘yicha transport xarajatlari esa Transport vazirligi hisobidan qoplanadi.

Bunda Transport vazirligining insonparvarlik yukini tashish bilan bog‘liq moliyaviy zararlari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonining insonparvarlik yordami ko‘rsatish niyati to‘g‘risida Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligini belgilangan tartibda xabardor qiladi, shuningdek, insonparvarlik yuki yetkazib beriladigan punktni va uni topshirish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalarni kelishadi. Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi farmoyishga muvofiq davlat zaxiralaridan chiqarilgan moddiy boyliklarning o‘rni belgilangan tartibda to‘ldirilishini nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoy, Eron, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikistonga gumanitar yordam jo‘natdi. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.

Mavzuga doir: AQSh O‘zbekistonga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют