» » Millionlab infeksiya tashuvchiga tashxis qoyilmaganmi? Matematik modellashtirish orqali pandemiyaning aniq manzarasi olindi

Millionlab infeksiya tashuvchiga tashxis qoyilmaganmi? Matematik modellashtirish orqali pandemiyaning aniq manzarasi olindi


Bugun tibbiyot muassasalariga tushayotgan favqulodda katta yuklama tufayli COVID-19 boyicha jahon boylab olinayotgan rasmiy statistika amaldagi real holat bilan tafovutga ega bolib qolmoqda. Naked-science.ru nashrining xabar berishicha, buni togirlash uchun olimlar matematik modeldan foydalanishni taklif qildi. Daryo maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi.

Koronavirus bilan kasallanishlar sonining aniq hisob-kitobini yuritish diagnostika va pandemik vaziyatni real baholash uchun katta imkoniyat yaratadi va u orqali holatni tahlil qilib, tegishli tayyorgarlik ishlarini tashkillashtirish mumkin. BiroqInfection Control and Hospital Epidemiologyjurnalida elon qilingan maqolada Vashington universiteti professori Stiven Krants tomonidan takidlanishicha, hozirgi vaziyatda diagnostika qilingan infeksiya yuqtirishlar soni va tuzalgan hamda vafot etganlar sonini yuritishda asl real holatdagidan kora farqlar bolishi mumkin. U matematik modelni qollash orqali pandemik vaziyatning yanada aniq manzarasini olish kerak, deya taklif qilmoqda.

Maqolada keltirilishicha, matematik model klinikalar tomonidan qayd qilinmay qolib ketgan bemorlar sonini (kasallik simptomlarsiz kechgani tufayli sezilmay otib ketgan va shu sababli statistikada qayd qilinmagan yuqtirganlar soni) etiborga olmasdan ham vaziyatni aniq baholash imkonini beradi. Hisob-kitoblar xolis bolishi uchun modellashtirishda imkon qadar koproq qoshimcha omillarni inobatga olish kerak boladi. Bunday omillarga, xususan, aholi zichligi va muayyan hududlardagi aholining yosh toifasiga kora strukturasi kiradi.

Pandemiyaga amaliy tayyorgarlik qancha kasal qayd qilinganidan qati nazar aholi orasidagi real vaziyatdan kelib chiqishi kerak, deb fikr bildirgan maqola hammualliflaridan biri, matematik modellashtirish mutaxassisi Srinavasa Rao. Korsatkichlar qanchalik aniq bolsa, biz pandemiya borasidagi real vaziyat qanday ekanini bilib boramiz, virusli pandemiya yana qancha davom etishini baholashimiz mumkin boladi. Real voqelikka imkon qadar yaqin olingan malumotlar esa hukumat vakillariga va tibbiyot tizimiga aynan qanday ssenariyga tayyorgarlik korish kerakligini tushunishga yordam beradi, deya qoshimcha qilgan u.

Tadqiqotchilar ozlari taklif qilgan matematik modelda JSST tomonidan taqdim etilganinfeksiyani yuqtirish boyicha jahon boylab qayd qilingan holatlar statistikasidan foydalangan. Shuningdek, ular muayyan hududlardagi aholi zichligi va yosh strukturasiga oid malumotlarni modelga tatbiq etgan. Unda aholi uch xil yosh toifasi boyicha guruhlarga ajratilgan bolib, bu guruhlar 0-14 yoshli aholi soni, 15-64 yoshli aholi soni va 65 yosh va undan kattalar sonini qamrab oladi. Matematik modelda yuqtirish ehtimoli parametri ham kiritilgan. Bundan tashqari, modelda yuqtirganlar sonining kuniga 10 nafardan ortganidan boshlab, eng choqqisiga chiqishigacha bolgan vaqt orasida qancha odam kasallanishini aniqlovchi ssenariy nazarda tutilgan.

Amalga oshirilgan tahlillar shuni korsatmoqdaki, Italiyada 9-martgacha bolgan paytda roy bergan har tortta real yuqtirish soniga faqat bitta qayd etilish soni togri keldi (aslida, tortta yuqtirganlardan amalda faqat bittasi aniqlangan xolos). Mutlaq ifodada esa bu korsatkich osha paytda Italiyada 30 223 nafar kasal yuqtirgan odam aniqlanmay qolib ketgan, degani boladi. Bu esa Italiyaning nega bu qadar mushkul ahvolga tushganiga izoh bolishi mumkin. Shunga qaramay maqola mualliflarining fikricha, Italiyadagi aholi zichligining juda katta ekani va urbanizatsiya darajasining yuqoriligi inobatga olinsa, Italiya sogliqni saqlash tizimi aslida yomon ishlamadi deyish mumkin edi.

Model Janubiy Koreya uchun ham taxminan shunday natijani taqdim etdi. U yerda ham aniqlangan bemorlar soni infeksiyani yuqtirib tashib yurganlarning real sonining chorak ulushini tashkil etadi xolos. Boshqa davlatlarda esa ahvol bundan ham yomon ekanini model korsatib berdi. Masalan, matematik model taqdim qilgan natijaga kora, 19-mart sanasiga kelib Ispaniyada aniqlangan bemorlar soni real miqdordan kora 53 marta kam bolgan! Koronavirus yuqtirgan va uning tashuvchisi bolgan har 53 ta odamdan faqat bittasini tibbiyot tizimi qayd etgan xolos.

Bu osha payt Ispaniyada 87 405 ta infeksiya tashuvchi aniqlanmay qolib ketgan deganidir. Model Xitoydagi real vaziyat bundan ham yomon bolgan degan xulosani berdi. Hisob-kitoblarga kora, u yerdagi real holat va aniqlangan holatlar nisbati birga 104 dan ortiq va hatto birga 149 ta bolgan bolishi mumkin. Agar haqiqatan ham shunday bolgan bolsa, demak, Xitoyda millionlab infeksiya tashuvchilariga tashxis qoyilmasdan qolgan bolib chiqadi.

Diagnostika borasida eng yaxshi korsatkichlardan birini ushbu infeksiyadan bugun hammadan kop jabr korayotgan davlat AQSh qayd etdi. Rao taklif qilayotgan matematik modelga kora hisoblashlar AQShda 6-aprel holatiga real kasallanganlarning uchdan ikki qismi aniq qayd etilgani va tegishli diagnostika bilan taminlanganini korsatdi. Bu butun AQSh boylab aniqlanmay qolib ketgan tashuvchilar 194 ming atrofida boladi demakdir.

Mavjud malumotlarning noaniqligi yoki real holatdan farq qilishi nafaqat COVID-19 pandemiyasi uchun, balki boshqa yana koplab infeksion xastaliklar uchun ham ogriqli muammodir. Olimlar taklif etayotgan yuqoridagi matematik modellashtirish metodikasi dunyo boylab tibbiyot sohasi mutaxassislariga muammoning kolamini toliqroq baholash va epidemiya manzarasini mukammalroq tasavvur qilish imkonini berishi mumkin. U orqali voqealar rivojiga mos tayyorgarlik va oldindan choralar korish orqali olimlar sonini kamaytirish mumkin boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-04-2020, 08:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -