» » Vertolyotda tug‘ruqxonaga olib borilgan dehqonobodlik ayol o‘g‘il farzandli bo‘ldi

Vertolyotda tug‘ruqxonaga olib borilgan dehqonobodlik ayol o‘g‘il farzandli bo‘ldi


Mudofaa vazirligiga qarashli vertolyotda shifoxonaga olib borilgan dehqonobodlik ayol o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol farzandini jarrohlik amaliyoti yordamida dunyoga keltirgan.

“Chaqaloq 17-aprel kuni kechki payt tug‘ildi, — deydi viloyat perinatal markazi direktori Mavluda Norqulova. — Hozirda ona va bolaning ahvoli juda yaxshi”.

Mavluda Norqulovaning aytishicha, perinatal markazi shifokorlari ham kecha Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan birga hududga borgan.

“Vaqtdan yutqazmaslik maqsadida kecha Dehqonobodga shifokorlarimiz ham borishgandi. Vaziyat taqozo qilsa, o‘sha yerning o‘zida yordam ko‘rsatishni mo‘ljallagandik. Ammo ayol shifoxonaga bemalol yetib keldi”, — deydi Mavluda Norqulova.

Eslatib o‘tamiz, Dehqonobod tumani markazidan 180 kilometr uzoqlikdagi Shaxshor qishlog‘ida yashovchi 21 yoshli homilador ayol Hulkar Normo‘minovaning tobi qochib, erta tug‘ruq holati kuzatilgani uchun 16-aprel kuni vertolyotda shifoxonaga olib borilgandi.

Mavzuga doir: Dehqonobodlik homilador ayol shifoxonaga vertolyotda olib borildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют