» » “Uning o‘yinidan zavq olmaslik — jinoyat”. Dunyo futboli yulduzlari braziliyalik “sehrgar” Ronaldinyo haqida

“Uning o‘yinidan zavq olmaslik — jinoyat”. Dunyo futboli yulduzlari braziliyalik “sehrgar” Ronaldinyo haqida


Dunyo mamlakatlari uchun mart oyi koronavirus pandemiyasi sabab oson o‘tmadi. Shuningdek, futbol klublari, futbolchilar, muxlislar uchun ham. Futbolchilar o‘zining sevimli mashg‘ulotlaridan, muxlislar esa millionlar o‘yinidan oladigan zavqlaridan bebahra qoldi. Mart oyi 40 yoshni qoralagan braziliyalik Ronaldinyo uchun ham oson o‘tgani yo‘q. Boisi “Barselona”ning sobiq yulduzi va uning akasi Roberto de Assis Moreyra soxta pasport bilan Paragvay hududiga kirgani sabab hibsga olingandi. “Oltin to‘p” sohibi qariyb bir oyni Paragvay qamoqxonasida o‘tkazgandan so‘ng garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi.

Hozir Ronaldinyoning terma jamoa va klublardagi faoliyati hamda maqtanishga arzigulik shaxsiy sovrinlari, yoki qanday qilib qamoqqa tushish darajasiga kelib qolgani haqida uzundan uzun hikoya emas, balki u haqida hamkasblari, taniqli murabbiylar hamda sobiq jamoadoshlari tomonidan bildirilgan fikrlarni e’tiboringizni havola etiladi.

Zlatan Ibrahimovich

“Barchasi oddiy, Ronaldinyo – futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Uning o‘yinidan zavqlanmaslik – haqiqiy jinoyat”.

Zinedin Zidan

“Ronaldinyo – buyuk o‘yinchi. U – tezkor, elastik va favqulodda texnika egasi. Ko‘pchilik aynan dribling uning asosiy ustunligi deb o‘ylaydi. Biroq men bunday fikrda emasman. U – ajoyib pleymeyker va jamoa hujumlarini boshlab beruvchi universal futbolchi. Meni uning vaziyatlarni oldindan o‘qiy olish xislati qoyil qoldirardi”.

Lionel Messi

“16-17 yosh paytimda Ronaldinyo menga juda ko‘p yordam bergan. Qaysidir ma’noda men uni ustozim deb bilaman. Maydonda har doim uni qidirardim, afsuski, biz u qadar ko‘p vaqt birga o‘ynamadik. Ronaldinyo bilan uzoqroq o‘ynashni istagan bo‘lardim”.

Serxio Ramos

“Faoliyatining eng yaxshi yillarida Ronaldinyoni deyarli to‘xtatishning imkoni yo‘q edi. U nafaqat hujumchi, balki pleymeyker ham edi. U futbol tarixida abadiy qoladi. Uning ishtirokidagi ‘El-Klassiko’lar o‘zgacha tus olardi”.

Selso Rot (Ronaldinyoning ilk jamoasidagi (“Gremio”) murabbiyi)

“Men murabbiylik faoliyatim davomida ajoyib o‘yinchilar bilan ishladim, ammo Ronaldinyo qolganlardan bir bosh ustun edi”.

Viktor Valdes

“Ronaldinyo kelguniga qadar biz ko‘p yillardan beri sovrin qo‘lga kirita olmayotgandik. Ronni kelib, “Barselona”ni butun dunyoga mashhur qildi. Ronaldino men ko‘rgan eng iste’dodli o‘yinchi. Unga hatto Messi ham tenglasha olmaydi”.

Kilian Mbappe

“Men Ronaldinyoning o‘yinini tomosha qilib ulg‘ayganman. Ronning to‘p va raqiblar bilan qilgan harakatlariga aql bovar qilmaydi. Hamon uning o‘yinidan olingan lavhalarni ko‘rib, hayratlanaman”.

Deku

“Men uchun Ronaldinyo dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Maydonda nima qilish kerakligini bilmaganimizda, u har doim golli vaziyatlar yarata olardi. Ronni maydonda shunday harakat qilardiki, boshqa hech kim buni takrorlay olmasdi”.

Iker Kasilyas

“Ronaldinyo mening darvozamga juda ko‘p gollar urgan, ammo futbol muxlisi sifatida men uning o‘yinidan zavq olaman. U – chinakam “sehrgar”dir. U bilan yana birga o‘ynashni va uning zarbalarini to‘sishni xohlagan bo‘lardim”.

Xosep Gvardiola

“Ronaldinyo “Barsa”ning o‘ziga bo‘lgan ishonchini qaytarishda eng ko‘p harakat qilgan futbolchilardan biri edi. U bir necha yillar mobaynida yuqori darajada o‘ynadi, chempionat va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Ronaldinyo – boshqa darajadagi o‘yinchi. Messigacha Ronaldinyo kabi futbolchini ko‘rmaganman”.

Sadio Mane

“Meni o‘z qishlog‘imda yaxshi tanishgan va Ronaldinyoga o‘xshatishgan. Ular hatto meni Ronaldinyo deb ham chaqirishardi. Men har doim uning muxlisi bo‘lganman”.

Villian

“Ronaldinyo – eng zo‘ri bo‘lgan. Albatta, Ronaldu va Messi juda ko‘p gollar urdi. Ammo Ronni maydonda bajargan harakatlarini hech kim takrorlay olmaydi. U karyerasini erta yakunlagani achinarli. Ronaldinyo – mening birinchi raqamli kumirim bo‘lgan”.

Klod Makelele

“Chelsi” – “Barselona” uchrashuvi paytida men Ronaldinyoning oldiga borib, unga shunday dedim: “Men bilan o‘yinda odatdagi fintlaringdan foydalan. Agar Play Station’dagi kabi harakatlarni qilsang, seni shifoxonaga jo‘nataman”. U esa bunga javoban mendan kechirim so‘ragandi. U – ajoyib futbolchi va kamtar inson”.

Xavi

“Men uchun eng zo‘ri Ronaldinyo. Ehtimol, unga barqarorlik yetishmagandir. Faqat Messi barqarorligi tufayligina Ronaldinyodan ustunroq bo‘lishi mumkin”.

Virjil van Deyk

“Ronaldinyo – mening futboldagi birinchi raqamli kumirim bo‘lgan”.

Bernard

“Ronaldinyo chindan ham dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. U bilan birga o‘ynaganim uchun undan ko‘p narsani o‘rgandim. U – men uchratgan eng yaxshi inson. Avvalo Ronaldinyo menga futboldan zavqlanishni o‘rgatdi”.

Neymar

“Hech qaysi futbolchini Ronaldinyo bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Uning noodatiy harakatlari, zarbalari, ajoyib to‘p uzatishlari, gollari. Bularning barchasi uning buyukligidan dalolat beradi. U “Barselona” va Braziliya terma jamoasi tarixiga kirishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli o‘yinchilardan biri”.

Edgar Davids

“Dribling va boshqa texnik jihatlardan olib qaraganda, Ronaldinyo dunyoning eng yaxshi futbolchisidir”.

Eden Azar

“Men Ronaldinyodan juda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Futbol taktik o‘yin bo‘lib, sizni jiddiy bo‘lishga majbur qiladi, ammo u menga tabassum bilan o‘ynashni va har qanday vaziyatda ham futboldan zavqlanishni o‘rgatdi. Tan olaman, YouTube’da Ronnining o‘yinidan lavhalarni soatlab tomosha qilardim”.

Devid Bekhem

“Ronaldinyo “Barselona”da o‘ziga xos tarzda o‘ynardi. Yengil, xotirjam va doimo yuzida tabassum bilan. To‘p bilan u chinakam daho”.

Frenk Lempard

“Ronaldinyo – boshqalarga o‘xshamaydi. U – boshqa darajadagi futbolchi”.

Nani

“Ronaldinyo – futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchidir. Hech kim unga teng kela olmaydi. U – haqiqiy “sehrgar”. Har doim yuzida tabassum bilan yurardi”.

Diyego Maradona

“Ronaldinyo – men ko‘rgan eng buyuk o‘yinchilardan biri”.

Pele

“Ronni – dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi. Uning o‘yinini tomosha qilish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. U har bir braziliyalikka oz bo‘lsada baxt ulasha oldi”.

Kaka

“Ronaldinyo – haqiqiy chempion. U – buyuk va takrorlanmas futbolchi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют