» » Qozog‘istonda maktab avtobusini toshqin suv oqizib ketdi (video)

Qozog‘istonda maktab avtobusini toshqin suv oqizib ketdi (video)


Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida, Otbosar — Kokshetau trassasida ichida bolalar bo‘lgan avtobusni toshqin suv oqizib ketdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda. 

Hodisa 16-aprel, yakshanba kuni Sandiqtau tumanida, Balkashino va Maksimovka qishloqlari oralig‘ida ro‘y berdi. Youtube’ga joylashtirilgan videoda qor va muz erishidan hosil bo‘lgan suv oqimida “suzayotgan” avtobus aks etgan. 

“Ichida 10 nafar o‘quvchi va ularga hamrohlik qilayotgan o‘qituvchi bo‘lgan ‘PAZ’ rusumli avtobus Derjavinsk shahridan Kokshetaudagi tadbirga ketayotganda yo‘lda hosil bo‘lgan toshqin tufayli izdan chiqib ketdi. Bolalar jabrlanmadi. Ular evakuatsiya qilindi va maktabga joylashtirildi”, — deya ma’lum qildi viloyat ichki ishlar departamenti. 

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют