» » Ronaldu, Messi, Mane. Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumidagi eng chiroyli 10 ta gol (video)

Ronaldu, Messi, Mane. Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumidagi eng chiroyli 10 ta gol (video)


Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha musobaqalar ham. “Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida Yevropa Chempionlar Ligasi 2018/19-yilgi mavsumning eng chiroyli o‘nta golini eslaymiz. Gollar reytingi UEFA talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.

Yarim finalning ilk bahsida Luis Suares birinchi bo‘lim o‘rtalarida sobiq jamoasi darvozasini mana shu tarzda ishg‘ol qiladi.

Koutinyo “Manchester Yunayted”ga qarshi chorak final javob bahsida uchrashuvga chiroyli yakunni qo‘yadi. Uning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini David de Xea qaytara olmaydi.

Usmon o‘yin debyutida “Tottenhem” himoyasini dog‘da qoldirgan holda ajoyib golga muallif bo‘ladi.

Ukrainaliklar tor-mor etilgan bahsda Rahim ikkinchi bo‘lim debyutida mana shu gol muallifiga aylangandi.

[twitter_video link="https://t.me/gol_video/1705"]

Parijliklarning ajoyib kombinatsiyasidan keyin Mbappe darvoza oldida to‘p yo‘nalishini o‘zgartirgan holda jamoasining ikkinchi golini uradi.

Sane jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda muvozanatni tiklaydi. Ikkinchi bo‘limda esa yana bir gol urib, jamoasiga irodali g‘alabani taqdim etadi.

Xorvatiyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar”ning chiroyli hujumini shedevr gol bilan yakunlagandi.

Sadio Mane myunxenliklar posboni Manuel Noyerning xatosidan unumli foydalanib hisobni ochgan va jamoasining safardagi g‘alabasiga muhim hissa qo‘shgandi.

Messi uchrashuv yakunlanishi arafasida chamasi 25 metrlardan Alisson darvozasining to‘qqizlik burchagini aniq nishonga olgandi.

Ronaldu Leandro Bonuchchi tomonidan uzatib berilgan to‘pga to‘xtatmasdan zarba bergan holda sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qiladi. Uning o‘ziga xos gol nishonlashi keyinchalik memga aylangandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют