» » Janubiy Koreyada koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 14 holat aniqlandi

Janubiy Koreyada koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 14 holat aniqlandi


Janubiy Koreyada so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 14 ta holat aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 10 752 kishiga yetdi, bemorlarning 90 nafari tuzaldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shu kungacha koronavirusga chalinganlarning 244 nafari vafot etgan, 8 854 nafari tuzalgan. Kamida 268 kishida davolanganidan keyin ham organizmida virus qolgani aniqlangan. KCDC virusning qayta aniqlanish ehtimoliy sabablarini o‘rganmoqda.

Mamlakatda yangi kasallanishlar sonining kamayishi sababli hukumat ijtimoiy masofalanish rejimini yengillashtirilgan shaklda 5-maygacha uzaytirdi. Istirohat bog‘lari va dam olish maskanlari qayta ochiladigan bo‘ldi, sport, diniy va ko‘ngilochar muassasalarga o‘z faoliyatini cheklangan holda davom ettirishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada 25 va 26-aprel kunlari koronavirusga chalinganlar 10 kishiga ko‘payayotgan edi.

Mavzuga doir: Tayvan va Koreyaning koronavirusni yengish yo‘lidagi muvaffaqiyati sirlari. Ulardan nima o‘rganish mumkin?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют