» » “Xurmo targ‘ibot varaqalaridan ko‘ra arzon”. Mosuldagi och aholini qutqarish uchun samolyotlardan meva yog‘dirish taklif qilindi

“Xurmo targ‘ibot varaqalaridan ko‘ra arzon”. Mosuldagi och aholini qutqarish uchun samolyotlardan meva yog‘dirish taklif qilindi


Mosulning g‘arbiy tumanlarida qamaldagi ochlikdan aziyat chekayotgan aholiga samolyotdan xurmo mevalarini yog‘dirish kerak. Bu haqda, inson huquqlari bo‘yicha Iroqdagi mahalliy komissiya rahbari G‘azvon Hamid ad-Dovudiyga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Qamalda qolayotgan Mosul g‘arbidagi gumanitar vaziyat aqlbovar qilmas darajada past nuqtada. Qamalda qolayotgan tumanlarga tezroq samolyotdan xurmo yog‘dirish lozim”, — dedi ad-Dovudiy.

Amaldorning qayd etishicha, “davlatga millionlab dinorga tushayotgan” targ‘ibot varaqalari o‘rniga Mosulning och aholisi uchun xurmo yog‘dirish foydaliroqdir. “Bu meva juda arzon va Iroqda behisob”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mosuldagi oziq-ovqat zaxirasi yo tez orada tugab bitadi, yoki allaqachon tugab bo‘lgan. Ayni vaqtda, terrorchilar ochlikdan aziyat chekmayapti, barcha azob tinch aholi yelkasiga tushmoqda.

Iroq harbiylarining Mosulni ozod qilish bo‘yicha AQSh boshchiligidagi koalitsiya bilan hamkorlikdagi operatsiyasi 2016-yil oktabridan beri davom etmoqda. Fevral oyida shaharning sharqiy qismi IShIDdan to‘la ozod qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют