» » Koronavirusdan “foyda ko‘ruvchi” davlatlar nomi e’lon qilindi

Koronavirusdan “foyda ko‘ruvchi” davlatlar nomi e’lon qilindi


Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozongan kam sonli davlatlar orasidan o‘rin oldi. Bu haqda ekspertlarga tayanib, CNBC xabar berdi.

Mazkur uch davlat COVID-19 tarqalishiga qarshi nisbatan tez kurash boshlagan, shu sabab ular o‘z iqtisodiyotini qayta yo‘lga qo‘yib, korxona va muassasalar faoliyatini yana ishga tushirgan. Shundan so‘ng ular investorlar orasida ancha qiziqish uyg‘ota boshladi, bu esa ushbu davlatlar valyutasining mustahkamlanishini o‘zida aks ettiradi.

Shuningdek, yuqoridagi uch davlatning asosiy savdo hamkori hisoblanuvchi Xitoy cheklovlarni sekin-asta yecha boshlagani ham muhim rol o‘ynamoqda.

Koronavirus bilan kasallanish holati dunyoning deyarli barcha davlatida qayd etilgan bo‘lib, hozirda 2,9 milliondan ortiq odamda COVID-19 aniqlangan. Bemorlarning 200 mingdan ortig‘i vafot etdi.

Avstraliyada 6725 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 84 kishi virus qurboniga aylangan. Yangi Zelandiyada kasallar soni 1124 kishini, qurbonlar esa 84 kishini tashkil etmoqda. Janubiy Koreyada esa ushbu ko‘rsatikichlar 10 752 kishiga teng bo‘lib, 244 bemor vafot etgan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq BMT koronavirus pandemiyasi sabab 30 ga yaqin davlatda ocharchilik bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shu sababli tashkilot barcha mamlakatlar hukumatini pandemiyadan so‘ng yangi iqtisodiyotni yaratish va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют