» » Hindistonda koronavirusni qon plazmasi bilan davolash usuliga shubha bilan qaraldi

Hindistonda koronavirusni qon plazmasi bilan davolash usuliga shubha bilan qaraldi


Koronavirus kasalligini ushbu infeksiyadan tuzalganlarning qon plazmasidan foydalanib davolash hali ham tajriba bosqichida turibdi va u bemor hayoti uchun xavfli bo‘lishi mumkin. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi vakili brifing vaqtida ma’lum qilgan.

“Koronavirusni davolashda plazma terapiyasidan foydalanishni yoqlovchi hech qanday dalillar yo‘q. Ushbu terapiya hali ham tajriba bosqichida turibdi va Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi bu borada milliy tadqiqot o‘tkazmoqda”, — degan vazirlik vakili.

Xabarda aytilishicha, o‘tgan haftada Hindiston poytaxti Dehlida mamlakatda birinchi marta donor plazmasidan foydalangan holda koronavirus muvaffaqiyatli davolangani xabar berilgan. Bemor xususiy shifoxonada davolanayotgan 49 yoshli erkak bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda 29 541 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 939 nafari vafot etgan, 7 137 kishi sog‘aygan.

Hozirda koronavirusni undan tuzalgan bemorning qon zardobidan foydalanib davolash eng samarali usul deb hisoblanmoqda. Bu usul AQSh, Germaniya, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlarda qo‘llanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda endilikda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun sog‘ayib ketganlarning qon zardobidan antitela maqsadida foydalanilish yo‘lga qo‘yilishi, bu kasallik og‘ir kechayotgan yoki uzoq davom etayotgan bemorlarga virusni tezroq va osonroq yengish uchun qo‘shimcha kurashish manbasi bo‘lib xizmat qilishi haqida xabar berilgan edi.

Bunday davolash usuli Buyuk Britaniya shifokorlarida katta qiziqish uyg‘otgandi. Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning qon zardobidan foydalanishga hozircha ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Moskvada koronavirusga chalinganlarni davolash uchun donorlik qilganlarga haq to‘lanishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют