» » AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi

AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi


AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,2 million kishidan oshib ketdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, AQShda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1 204 475 kishini tashkil etmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 70,8 ming kishiga yetdi, qariyb 190 ming bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Hukumat bu kabi yuqori ko‘rsatkichlarni koronavirus uchun testlar faol tarzda o‘tkazilayotgani bilan izohlagan.

Avvalroq AQShda koronavirus qurbonlari soni 134 ming kishiga yetishi mumkinligi prognoz qilingan edi. Prezident Tramp administratsiyasi 1-iyunga borib COVID-19’dan vafot etgan mamlakat fuqarolarining soni ikki barobar ko‘payishini taxmin qilgan.

Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 250 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda 6-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2217 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi, 1501 nafari esa sog‘aygan. Ayni vaqtda 706 kishi davolanishda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют