» » Holandning agenti: Erling “Real”da Ronaldudan ko‘p gol ura oladi

Holandning agenti: Erling “Real”da Ronaldudan ko‘p gol ura oladi


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holandning agenti Mino Rayola mijozi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Holand “Real”da mavsumiga 40 yoki 50 ta gol urishi mumkin. U Krishtianu Ronaldudan ko‘proq to‘p kiritishga qodir. Hozirda Holand juda yaxshi o‘ynamoqda va bir necha yildan keyin yanada kuchliroq futbolchiga aylanadi”, — deydi Rayola.

19 yoshli futbolchining “Borussiya” bilan shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq norvegiyalik futbolchi “Real”ning yaqin kelajakdagi maqsadlaridan biri ekani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: Holandning sobiq murabbiyi: Erling — yangi Ibragimovich. U “Real” uchun yaratilgan

Yanvar oyida “Zalsburg”dan dortmundliklar safiga qo‘shilgan futbolchi joriy mavsum “Borussiya”da 11 o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют