» » Saudiya Arabistoni va Qatar koronavirusga chalinganlar sonining ortishi bo‘yicha rekordlarni yangilamoqda

Saudiya Arabistoni va Qatar koronavirusga chalinganlar sonining ortishi bo‘yicha rekordlarni yangilamoqda


Saudiya Arabistoni va unga qo‘shni bo‘lgan Qatar koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha arab davlatlari orasida rekordlarni yangilamoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirliklariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Qatar Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilishicha, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 1,3 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan bo‘lib, pandemiya boshlanganidan buyon kasallikka chalinganlarning jami soni 20,2 ming kishidan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlari, asosan, Qatarning turli joylaridagi xorijlik ishchilar orasida aniqlangan. Shunga qaramay mamlakatda koronavirusga bilan bog‘liq o‘lim holatlari dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda — 12 nafar qurbon.

O‘z navbatida Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar ikki haftadan buyon kuniga 1,7 ming kishidan oshmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19’ga chalinganlar soni 35 ming kishidan oshdi. Saudiya Arabistonida pandemiya boshlanganidan buyon 229 kishi koronavirus qurboniga aylangan, 9120 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni pandemiyaning moliyaviy oqibatlari qachondan yuzaga kelishini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Saudiya Arabistonida 23-martdan boshlab shaharlar aholisining harakatlanishiga taqiq kiritilgan bo‘lib, soat 19:00 dan 06:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilgan. Shuningdek, mamlakatda karantinni nazorat qiluvchi maxsus bo‘linma tashkil etilishi ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют