» » Asl Baraka brendi “Mehnatsevar” loyihasining navbatdagi qahramoni — boshlang’ich sinf o’qituvchisi Olga Jirnyakova haqida so‘zlaydi

Asl Baraka brendi “Mehnatsevar” loyihasining navbatdagi qahramoni — boshlang’ich sinf o’qituvchisi Olga Jirnyakova haqida so‘zlaydi


Olga Jirnyakova Fyodorovna

52 yoshda, Toshkent shahar 91-sonli maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Olga Fyodorovna 30 yil davomida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Qisqa vaqtga ishdan chalg‘ib, bizga kichik intervyu berishga va barchamizga qiyin bo‘lgan vaqt — karantinda qanday ishlayotganlari bilan bo‘lishishga rozilik bildirdi.

“O‘qituvchi bo‘lish g‘oyasi bolaligimda kelgan. U vaqt o‘z qo‘g‘irchoqlarimni va kichik singlimni oldimga o‘tirgizib olib, o‘qituvchini tasvirlashga harakat qilar edim, ularga o‘qish, yozish va hatto gapirishni o‘rgatar edim” — deya qahramonimiz jilmayib, o‘z hikoyasini boshladi.

Ayting-chi, hozir qanday qilib dars o‘tmoqdasiz?

“Darslar Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq tajribali o‘qituvchilar tomonidan videodarslar yordamida o‘tilmoqda. Bolalar har kuni uy vazifasini bajaradilar, keyin o‘qituvchi barcha ishlarni tekshiradi va ularni baholaydi. Baolarni o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchilar va maktab ma‘muriyati ko‘rishi mumkin”.

Ishda qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqdasiz?

“Hozirda masofaviy ta‘limda biz, barcha o‘qituvchilar, bolalar bilan muloqot qilishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz, bizda jonli darslar yo‘q, bizga bolalarning chaqnoq ko‘zlari yetishmayapti. Ayni paytda o‘qituvchi bolalarni o‘qishga ilhomlantirishga va bolalarning e‘tiborini dasturning muayyan mavzulariga qaratishga harakat qilmoqda. Ba‘zan bu juda qiyin, chunki o‘quv jarayonini jonli ravishda nazorat qilish imkoniyati yo‘q. Lekin masofaviy ta‘lim natijalarini ko‘rish o‘qituvchi uchun katta quvonchdir. Albatta, o‘qituvchilarga va bolalarga ham oson emas, har bir kishi maktabni va jonli o‘quv jarayonini juda sog‘indi. Lekin bu bilan birga kichik quvonch ham bor. Bolalardan xabarlarni qabul qilish juda yoqimli, ular o‘z oilasida ro‘y beradigan yangi voqealarni baham ko‘rishadi, bayramlarda tabriklashadi va maktabni juda sog‘inib, tez orada uchrashishga umid qilishlarini aytadilar”.

Ushbu vaziyatda qiyin hollar uchraganda barchasini tashlab ketgingiz kelgan paytlar bo‘ldimi?

“Yaxshiyamki, men buni hech qachon xohlamaganman, tanlangan mutaxassisligimdan pushaymon bo‘lgan bir lahza ham bo‘lmagan. Ish bilan, men birinchi navbatda axloqiy, moddiy va ma‘naviy mamnuniyat olaman. Bularning barchasi birlashganda, professional sifatida men uchun bu orzuimdagi kasbni bejiz tanlamaganligimni anlatadi”.

Iltimos, bolalar yoki ularning ota-onalari bilan sodir bo‘lgan biror bir qiziq voqealar bilan bo‘lishsangiz?

“30 yil davomida albatta, har xil voqealar bo‘lgan: qayg‘uli, quvonchli va hayajonli, ammo mening o‘qituvchilik faoliyatimda eng esda qolarli voqea men nafaqat ona, balki o‘g‘lim uchun ham birinchi o‘qituvchi bo‘lishim edi. U birinchi sinfga kelgan dam juda hayajonli edi va 4 yil davomida ona va o‘g‘il, o‘qituvchi va o‘quvchining rolini birlashtirish juda qiyin bo‘ldi. Boshlang‘ich sinfda birinchi sinf o‘quvchilari uchun eng ta‘sirli lahzalar bu doim birinchi qo‘ng‘iroqdir...”

Ma‘lumotni masofadan o‘zlashtirishga qiynalgan o‘quvchilarga qanday yordam berasiz?

“Har bir bola uchun, ayniqsa boshlang‘ich maktabda uning o‘qituvchisi ikkinchi onadir. Shuning uchun, dastlab bolalar uchun boshqa o‘qituvchilarni televizordan idrok etish va ularga e‘tiborni qaratish qiyin edi. Albatta, bu ota-onalar uchun ham, bolalar uchun ham ma‘lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun biz bolalar bilan video aloqa orqali qo‘shimcha ravishda ishlashga qaror qildik, bu yerda biz ular tushunmagan narsalarni muhokama qilamiz. Biz darsning u yoki bu mavzularini qayta tahlil qilamiz, shunda albatta barchasi ancha sodda va tushunarli bo‘ladi. Bundan tashqari, umid qilamanki, karantin tugashi bilan barchamiz o‘tkazib yuborgan mavzularga qaytib, ularni o‘zlashtirib olamiz”.

“Mana shunday qiyin paytda men barcha o‘qituvchilarga qat‘iylik, kasbiga yana-da ko‘proq sadoqat tilayman. Men aziz farzandlarimga va ona yurtimizning barcha o‘quvchilariga har doim nima bo‘lishidan qat‘i nazar, o‘qish istagi doim bo‘lishini tilayman va aziz ota-onalarga sabrli bo‘lganlari, farzandlarini qo‘llab-quvvatlashi va bolalariga bo‘lgan katta sevgisi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Hozir bunga har bir bola har qachongidan ham ko‘proq, muhtoj”, — dedilar Olga Fyodorovna, o‘z o‘quvchilari bilan navbatdagi masofaviy darsga ketishdan oldin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют