» » Koronavirusga chalingan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning ahvoli ma’lum qilindi

Koronavirusga chalingan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning ahvoli ma’lum qilindi


Aprel oyining oxirida COVID-19 tashxisi qo‘yilgan Rossiya bosh vazir Mixail Mishustin kasalxonada davolanishni davom ettirmoqda. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda uning matbuot kotibi Boris Belyakov ma’lum qilgan.

“Shifokorlar uning sog‘lig‘i yaxshilanayotganini qayd etmoqda”, — degan u. Shuningdek, hukumat rahbari masofadan turib ishlashda davom etayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Hamkasblar bilan videokonferensiyalar va telefon orqali yig‘ilish o‘tkazmoqda. Prezident bilan ham doimiy aloqada”, — degan bosh vazir matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Mishustinda 30-aprel kuni COVID-19 borligi aniqlanib, 39 daraja isitma bilan kasalxonaga yotqizilgan, bosh vazir vazifasini vaqtincha bajarish uning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov zimmasiga yuklangandi. Mishustinning o‘zi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda sog‘ayganidan keyin ham lavozimiga qaytmasligi mumkinligini aytgandi.

2-may kuni Rossiya qurilish vaziri Vladimir Yakushev va uning o‘rinbosari Dmitriy Volkovda ham koronavirus aniqlandi.

Mishustin butun dunyoda koronavirusga chalingan birinchi bosh vazir emas, undan avval mart oxirlarida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson COVID-19’ni yuqtirib olgan va aprel oxirida kasallikdan tuzalgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют