» » Andijonda ikkita Damas to‘qnashdi (video)

Andijonda ikkita Damas to‘qnashdi (video)


Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida ikkita Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa 11-may, dushanba kuni soat 10:30 larda “Ko‘prikboshi” MFY hududidan o‘tgan 4R avtomobil yo‘lining 136-kilometrida yuz bergan. Xo‘jaobod—Nargiz yo‘nalishida Damas avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib kelgan 1999-yilda tug‘ilgan S.X. oldinda o‘zi bilan bir yo‘nalishda chap tomonga burilayotgan haydovchi 1967-yilda tug‘ilgan M.Yu. boshqaruvidagi Damas’ga urilib, ag‘darilgan.

Haydovchi S.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisa yuz bergan 11-may kuni odam o‘limi bilan yakunlangan ikkita YTH haqida YHXBB va Tergov departamenti xabar berdi. Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida Lacetti motorollerga urilishi oqibatida 38 yoshli motoroller haydovchisi, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Isuzu avtobusi velosipedchini urib yuborishi oqibatida 33 yoshli velosipedchi vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют