» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 250 ming kishidan, qurbonlar soni esa 2300 kishidan oshdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 250 ming kishidan, qurbonlar soni esa 2300 kishidan oshdi


Rossiyada so‘nggi bir sutkada 9974 kishida koronavirus qayd etildi. Shu tariqa, 2-maydan buyon yangi kasallanganlarning sutkalik ko‘rsatkichi birinchi marta 10 ming kishidan kamaydi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Rossiyada kasallanganlarning umumiy soni 252 245 kishiga yetgan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlarini hisobga oladigan Worldometer statistik portali Rossiyani AQSh va Ispaniyadan keyin uchinchi o‘ringa joylashtirgan.

So‘nggi bir sutkada Rossiyada 5527 kishi kasallikdan tuzalgan, tuzalganlarning umumiy soni esa 53 530 nafarga yetgan. Mamlakatda kasallik oqibatida vafot etganlar soni 2305 kishiga yetgan, so‘nggi bir sutkada 93 ta o‘lim ro‘yxatga olingan.

Yangi holatlarning eng ko‘pi Moskva shahrida (4217 ta) va Moskva viloyatida (918 ta) qayd etilgan.

Mamlakatning yana uchta hududida yangi kasallanganlar soni 100 kishidan oshgan. Bular Sankt-Peterburg shahri (460 kishi), Nijegorod (238 kishi) va Ivanov (102 kishi) viloyatlari bo‘lgan. Nenets avtonom okrugi so‘nggi bir sutkada birorta ham yangi holat qayd etilmagan yagona hudud bo‘lgan.

Avvalroq koronavirusga chalingan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют