» » Buxoro, Andijon, Toshkentda jami 32 kishi koronavirusdan tuzalib, sog‘ayganlar soni 2245 nafarga yetdi

Buxoro, Andijon, Toshkentda jami 32 kishi koronavirusdan tuzalib, sog‘ayganlar soni 2245 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning yana 32 nafari tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 2245 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Buxoroda 7 kishi, Andijonda 1 kishi, Toshkentda esa 24 kishi sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Buxoro viloyatida tuzalganlarning barchasi ushbu hududdan (5 nafari Buxoro shahridan, 1 nafardan Kogon va G‘ijduvon tumanlaridan) bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52, yoshi kichigi esa 3 yoshda ekani aytildi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida shu paytga qadar 433 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 440 nafarga yetdi. Ayni paytda shifokorlar viloyatdagi 2 nafar bemorga tegishli standartlar bo‘yicha davo choralarini ko‘rmoqda.

Andijon viloyatida sog‘aygan 42 yoshli erkak Paxtaobod tumanidan bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisidir. Viloyatda shu paytga qadar 162 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 163 nafarga yetdi.

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. 2 nafar fuqaro Sharja-Toshkent yo‘nalishidagi charter reysda BAAdan olib kelingan, 12 nafar fuqaro Tojikistondan kelgan va 1 nafari uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisi bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ularning barchasi karantinga olingan va koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan.

Sog‘ayganlarning orasida 6 nafardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan, 5 nafari Surxondaryo viloyatidan, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan va 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ulardan 13 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 709 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 733 nafarga yetdi.

16-may kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2213 nafarni tashkil qilayotgani xabar berilgandi. Endi ular soni 2245 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 17-may soat 15:50 holatiga ko‘ra, 2746 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etib, kasallik qurbonlari soni 12 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют