» » Xitoyda bir sutkada koronavirusga chalinganlar 7 nafarga, Janubiy Koreyada esa 15 nafarga oshdi

Xitoyda bir sutkada koronavirusga chalinganlar 7 nafarga, Janubiy Koreyada esa 15 nafarga oshdi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 7 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 18 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib. Kasallanganlarning 11 nafari sog‘aygan. Vafot etish holati qayd etilmagan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 84 054 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 79 306 nafari sog‘aygan, 4638 nafar bemor vafot etgan. Shuningdek, yana 18 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda bunday kishilarning yana 448 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida 15 kishi koronavirusga chalinib, qayd etilgan kasallanishlarning umumiy soni 11 065 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Avvalroq 262 kishi vafot etgani xabar berilgan edi. Qayd etilishicha, yangi kasallanishlarning 5 tasi lokal, ya’ni Xitoy hududining o‘zida, 10 tasi esa chetdan yuqtirilgan.

So‘nggi sutkada 16 kishi kasallikdan tuzalgan bo‘lib, sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 9 904 nafarga yetib, sog‘ayish ko‘rsatkishi 89 foizdan oshdi. Shuningdek, bemorlarning 1 nafari vafot etib, qurbonlar soni 263 nafarga yetdi. Kasallik alomatlarsiz kechayotgan kamida 466 kishi nazoratida bo‘lib turibdi.

Yangi kasallanish holatlari ko‘payishiga koronavirus borligi gumon qilingan va keyinchalik tasdiqlangan 29 yoshli yigitning 2-mayga o‘tar kechasi Kyongido provinsiyasidagi Yonin shahridan Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududiga borgani va u yerda bir nechta klub va barlarga kirgani sabab bo‘lgan. Klublardagi boshqa shaharlardan dam olgani kelgan bir qator shaxslar ham virus yuqtirib olgan. Ayni paytda klubda bo‘lganlar yoki ularning yaqinlarining 168 nafarida virus aniqlangan.

Janubiy Koreya hukumati koronavirus yuqtirib olganlarning barchasini topishga harakat qilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 11) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют